Vazirlar Mahkamasida yangi lavozimlar joriy etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining yangilangan ijro etuvchi tuzilmasi tasdiqlandi.

Quyidagi lavozimlar kiritildi:

•    Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari;
•    Bosh vazir maslahatchisi – IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i;
•    Bosh vazir maslahatchisi – Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i.

Qarorga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida quyidagilar tugatildi:

•    Bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi;
•    Bosh vazirning sanoatni va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi;
•    Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyati;
•    Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati.

Shuningdek, qaror bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, yoshlar, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati tashkil etildi. 

Qaror bilan Bosh vazirga bir qator yangi vazifalar yuklandi. 

Bosh vazir (Abdulla Aripov), jumladan, IT-texnologiyalar, “elektron hukumat”ni joriy etish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, telekommunikatsiyalar, ilm-fan, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirishni ta’minlash faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Bosh vazirning ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Behzod Musayev tayinlandi. U bungacha Davlat soliq qo‘mitasining raisi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir

Baholaganlar

184

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing