Vazirlar Mahkamasida lavozimiy o‘zgarishlar bo‘ldi
Jamiyat
−
17 aprel 2020 17574 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy bo‘linmalarining rahbar kadrlarini lavozimlarga tayinlash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Baxodir Madjitovich Axmedov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Mahalla, oila va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, madaniyat, ma’naviyat va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatining mudiri etib tayinlandi.
Kamal Saidakbarovich Rizayev esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati mudiri sifatida faoliyat yuritadigan bo‘ldi.
Live
BarchasiAQSH va Eron memorandum imzoladi
18 iyun