Vazirlar Mahkamasi pensiyalarni tayinlash bo‘yicha yangi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining fuqarolarga pensiyalarni tayinlash uchun ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotlar bilan bog‘liq davlat xizmatlari:
    
O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “O‘zarxiv” agentligi hamda tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga elektron so‘rovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshirilishi;
     
2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman bo‘limlari orqali, 2020 yilning 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullanishi mumkin.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:
     
a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron ma’lumotlarga asosan hisoblanadi;
      
b) fuqarolarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari:
       
2005-2015 yillardagi davr uchun - AT “Xalq banki”ning jamg‘arib  boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;
    
2016-2018 yillardagi davr uchun - Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri, 2019 yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reyestri ma’lumotlari asosida tasdiqlanadi.
     
Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar talab qilinishi man etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: 
     
Pensiya jamg‘armasining dasturiy ta’minotini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish yuzasidan texnik topshiriqnomalarini ishlab chiqsin, idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha zarur tadbirlarni amalga oshiradi;
     
Davlat xizmatlari markazlari tomonidan “O‘zarxiv” agentligi   hamda tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron so‘rovnomalar yuborish va qabul qilish tizimini joriy etadi;
    
Pensiya jamg‘armasining rasmiy veb-sayti orqali pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsiy kabinetlari orqali pensiyalarning batafsil hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazilishini tashkil etadi;
    
Axborot kommunikatsiyani rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan axborot tizimi faoliyat ko‘rsatishni yanada qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan server asbob-uskunalarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xarid qilinishi ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing