Vazir Hilola Umarovaga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
03 fevral
10862Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik xabar berdi.
Bildirilishicha, 2 fevral kuni Rajabov Sardor Baxtiyorovich hamda Boqiyev Farhod Esonovich Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Rajabov Sardor Baxtiyorovich tayinlovga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining, Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Vazirlikdagi faoliyatini boshlashdan avval esa sobiq Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Boqiyev Farhod Esonovich esa tayinlovga qadar Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Undan avval esa AOKAning Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan, 2020 yilning 17 yanvarida Senat a’zoligiga saylangan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 fevral kuni Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlangandi.
LiveBarchasi
AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi.
27 dekabr