Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalarga 18 yoshgacha pul to‘lanadi

Jamiyat

image
Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, DXX va hokimlar Mehribonlik uylarini otaliqqa oladi north_east

Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, DXX va hokimlar Mehribonlik uylarini otaliqqa oladi

Nogironligi bo‘lgan bolalarni o‘z qaramog‘iga olgan oilalarga, ularni parvarishi davrini mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev bugun, 28 iyul kuni ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektorda aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalarga 18 yoshga to‘lguniga qadar mahalliy byudjetdan 1,2 million so‘m, nogironligi bo‘lganlarga esa respublika byudjetidan 2,5 million so‘m to‘lanadi.

Shuningdek, mehrga tashna bolalarni oila bag‘rida tarbiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari joriy etiladi.

“Bugungi kunda “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarining 309 nafari chin yetimlar, qolgan 1 ming 514 nafari ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari voz kechggan bolalar hisoblanadi.

Vaholanki, bunday oilalarga yordam berib, Mehribonlik uylaridagi 70 foiz bolalarni o‘z oilasi bag‘riga qaytarish mumkin”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etilishicha, 79 ming nafar ota-ona mehridan mahrum, shundan 5 ming 700 nafar chin yetim bolalar vasiylik va homiylik organlarida ro‘yxatda turadi, 35 ming nafari farzandlikka olingan.

Lekin, bunday bolalarni holidan xabar olish, ular bilan alohida shug‘ullanish tuman (shahar)lardagi Xalq ta’limi bo‘limlarining 1 nafar xodimiga yuklatilgan.

Shu bois, har bir tuman (shahar) hokimligida Vasiylik, homiylik va patronat ishlari bo‘limi tashkil etiladi hamda ularga 4 nafardan shtat ajratilishi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Bundan tashqari, Milliy gvardiya, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, mahalla va sektor rahbarlaridan iborat Ishchi guruhi tuziladi va ular vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar ahvoli, ularning oilaviy sharoitidan haftalik xabar oladigan tizim yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing