Vashinton Kiyevning Rossiya hududiga hujumlarini rag‘batlantirishda ayblandi

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSHni Kiyev Rossiya Federatsiyasiga zarba berishida rag‘batlantirishda ayblab, Amerikaning Moskvadagi elchixonasiga keskin norozilik bildirdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.

“26 may kuni Rossiya TIV AQSH Prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jek Sallivanning Kiyevdagi qurolli tuzilmalarning zarbalarini amalda ma’qullagan nomaqbul bayonotlariga keskin norozilik bildirdi. Bunday holatlar Rossiya hududida, shu jumladan Qrim Respublikasi va Belgorod viloyatida kuzatilgandi”, deyiladi xabarda.

Rossiya TIV, shuningdek,  AQSH rasmiylarining Kiyevning Rossiya Federatsiyasi hududiga uyushtirilgan hujumlarni Vashington ma’qullanmagani haqidagi bayonotlari yolg‘on ekanini bildirdi. Shuningdek, Rossiyada Ukraina Qurolli kuchlari ehtiyojlari uchun yetkazib berilgan qurol va jihozlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanilganligi to‘g‘risida ashyoviy dalillar bor.

“Vashington Rossiyaga qarshi har qanday tajovuzning qat’iy javobini olishini bilib qo‘yishi kerak”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 22 may kuni Ukraina Qurolli Kuchlarining asosan ruslardan tashkil topgan harbiy qismlari – “Rus ko‘ngillilari korpusi” va “Rossiya ozodlik legioni” Rossiyaning Ukraina bilan chegaradosh Belgorod viloyatiga hujum boshlagan edi. Shundan so‘ng tinch aholi Belgorodni ommaviy ravishda tark eta boshlagandi. Keyinchalik Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Belgorod viloyati hududiga bostirib kirgan 70 dan ortiq diversant yo‘q qilinganini bildirdi. Bundan tashqari, Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak mamlakat Qurolli Kuchlarining qarshi hujumi boshlanganini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kiev hujum Vashinton Rossiya hududi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing