Vashington Xitoydan trillion dollar undirishi mumkin
Olam
−
30 avgust 2019
3754AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xitoy imperatorlari hukmronligi davrida chiqarilgan obligatsiyalar bo‘yicha Pekin qarzlarini undirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, deya xabar bermoqda MKRU.
Aniqlanishicha, Tramp allaqachon Xitoydan qarzlarni to‘lashni talab qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlab, bunday obligatsiyalar egalari bilan uchrashgan.
Ushbu obligatsiyalar XX asr boshlarida temir yo‘llar qurilishiga mablag jalb qilish uchun chiqarilgan edi. Qog‘ozlarning aksariyati Amerika kolleksionerlari tomonidan saqlanadi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, inflyatsiya, foizlar va kompensatsiyalarni hisobga olgan holda ular bo‘yicha to‘lovlar hajmi trillion dollardan oshadi
LiveBarchasi