AQSH Davlat departamenti vakili O‘zbekistondagi diniy erkinlik bo‘yicha islohotlarni e’tirof etdi
Jamiyat
−
12 avgust 2020
6091AQSH davlat departamenti vakili Samuel Deyl Braunbek O‘zbekistondagi diniy erkinlik, diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirishga qaratilgan islohotlarni olqishlagan. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistonning AQSHdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov AQSHning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbek bilan muzokaralar olib borgan.
Davlat departamentining vakili O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni, shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan birgalikda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida" yangi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha harakatlarni olqishladi, deb ma’lum qilgan elchi Vahobov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida AQSH Xalqaro diniy erkinlik komissiyasi (USCIRF) O‘zbekistonni tarixda ilk bor “alohida xavotirga molik davlat” deb hisoblamasdan Davlat departamentiga unga “maxsus kuzatuvdagi mamlakat” sifatida qarashni tavsiya qilgandi.
LiveBarchasi