Vashington Maduroni Venesuela Prezidenti sifatida tan olmaydi – Rubio

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio bugun, 3 yanvar kuni X (sobiq Twitter)ga olti oylik xabarining skrinshotini joylashtirdi va unda Vashington Nikolas Maduroni Venesuela Prezidenti sifatida tan olmasligi yozilgan. 

“Maduro Venesuela Prezidenti emas va uning rejimi qonuniy hukumat emas. Maduro mamlakatni egallab olgan narkoterrorchi tashkilot Cartel de los Solesr rahbari. U Qo‘shma Shtatlarga giyohvand moddalar kontrabandasida ayblanmoqda”, deyiladi 2025 yil 27 iyulda chop etilgan xabarda. 

Shuningdek, Rubio senator Mayk Liga AQSH harbiylarining Venesueladagi nishonlarga zarbalari Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni hibsga olganlar uchun yashirin operatsiya ekanligini ma’lum qildi. Senator bu haqda X’da xabar berdi. 

Mayk Lining yozishicha, u Rubio bilan telefon orqali suhbatlashgan, unda davlat kotibi Maduro Qo‘shma Shtatlardagi jinoiy ayblovlar bo‘yicha javobgarlikka tortilishi uchun Qo‘shma Shtatlar vakillari tomonidan hibsga olingani va harbiy harakatlar hibsga olish buyrug‘ini ijro etganlarni qo‘riqlash va himoya qilish uchun amalga oshirilganini ma’lum qilgan. 

AQSH davlat kotibi senator bilan suhbatda Nikolas Maduro jinoiy ishlar bo‘yicha sudga tortilishini ma’lum qilgan. Shuningdek, Rubio muloqotda Maduro hibsga olingach, Qo‘shma Shtatlar Venesueladagi keyingi harakatlarni rejalashtirmayotganiga ishontirgan. 

AQSHning Venesuelaga hujumi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela poytaxti Karakas shahrida kamida yettita portlash sodir bo‘lgani, шаҳаr­нинг bir qismi elektr energiyasiz qolgani haqida xabar berilgan edi. Portlash tovushlari shaharning turli hududlarida, shuningdek Simon Bolivar nomidagi Mayketiya aeroporti va La-Guayra porti atrofida ham eshitilgan.

Keyinroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSHni Venesuelani bombardimon qilishda ayblab, BMTning favqulodda yig‘ilishini chaqirishga chaqirdi. Shundan so‘ng CBS telekanali AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi qator ob’ektlarga, jumladan harbiy nishonlarga zarba berish buyrug‘ini berganini ma’lum qildi.

Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda keng qamrovli mudofaa tizimini zudlik bilan ishga tushirish va milliy kuchlarni safarbar etish bo‘yicha buyruq berdi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.

Bundan oldin AQSH zarbalaridan keyin Nikolas Maduroning qayerdaligi noma’lumligi, biroq uning eng yaqin atrofidagilarning ayrimlari xavfsiz joyda ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Keyinchalik Donald Tramp Venesuelaga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berib, Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingani va mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Rossiya AQSHning Venesuealaga qilgan hujumini qoraladi.


Maqola muallifi

Teglar

Nikolas Maduro Marko Rubio Venesuelaga hujum

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing