Vashington meri 1 sentyabrni “O‘zbekiston mustaqilligi kuni” sifatida rasman e’lon qildi
Olam
−
01 Sentabr
11244AQSH poytaxti Vashington meri Myuriyel Bauzer O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligini yuksak e’tirof etdi va ushbu kunni Vashingtonda “O‘zbekiston mustaqilligi kuni” sifatida rasman e’lon qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
“Vashington shahri Amerika Qo‘shma Shtatlarining poytaxti sifatida O‘zbekiston mustaqilligi va uning jahon miqyosidagi ahamiyatini katta hurmat bilan e’tirof etadi”, degan Myuriyel Bauzer.
“Qo‘shma Shtatlar poytaxtida 1 sentyabrning O‘zbekiston Mustaqilligi kuni deb e’lon qilinishi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tobora mustahkamlanib borayotganining ifodasidir. So‘nggi yillarda shakllangan hamkorlik o‘zaro strategik sheriklik munosabatlarining yorqin namunasi bo‘lib, turli sohalarda hamkorlikning yanada kengayishiga xizmat qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Merning maxsus bayonotiga ko‘ra, AQSH va O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, chegara va mintaqaviy xavfsizlik dasturlari, madaniy va gumanitar hamkorlikni mustahkamlash, ingliz tilida ta’lim berishni rivojlantirish bo‘yicha mustahkam, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli iqtisodiy va siyosiy islohotlar alohida mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil ham 1 sentyabr Vashingtonda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi kuni” deb rasman e’lon qilingandi.
LiveBarchasi