Vashington Isroil yoki G‘azoga qo‘shin yuborish niyatida emas – Kamola Harris
Olam
−
30 Oktabr 2023
5018Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil yoki G‘azo sektoriga qo‘shin jo‘natish niyatida emas. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris CBS News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vitse-prezident Isroilning "o‘zini himoya qilish huquqi" borligini ta’kidlagan, ammo HAMAS va falastinliklarni adashtirmaslik kerakligini ta’kidlagan.
Qayd etilishicha, Harris Qo‘shma Shtatlar Isroilga nima qilish kerakligini aytmasligini, balki maslahat, jihoz va diplomatik yordam ko‘rsatishini bildirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, falastinliklar ham isroilliklar kabi xavfsizlik, o‘z taqdirini o‘zi belgilash va hurmat qilish huquqiga ega. Harris Isroil-Falastin mojarosida urush qoidalarini hurmat qilish zarurligi haqida ham gapirgan.
Shuningdek, vitse-prezident Eronni bu masalaga aralashmaslikka chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ham shunday pozitsiyani bildirgandi. Biroq AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken agar boshqa davlatlar yoki terrorchilar Isroilga hujum qilsa, AQSH Isroilni himoya qilishini aytgandi. Ehtimol, shuning uchun ham AQSH O‘rta yer dengiziga o‘zining aviatashuvchi kemalarini joylashtirgan. Bu kuchlar orqali ayrim nishonlarga havo zarbasini berish mumkin.
LiveBarchasi