Vashington bu tashabbusga javob qaytara olmaydi – Peskov
Olam
−
17 fevral 2023
14866Kreml Vashington Aleksandr Lukashenkoning Rossiya va AQSH yetakchilari Vladimir Putin va Jo Baydenning Minskdagi muzokaralari bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlashiga shubha qilmoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan muloqotda so‘z ochdi.
“Bu Belarus Prezidentining yangi tashabbusi. Siz Oq uydan AQSH Prezidenti Polshadan boshqa to‘xtashlarni rejalashtirmagani haqidagi bayonotlarini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shuning uchun Vashington bu tashabbusga javob qaytara olmaydi”, deydi u.
Rossiya, o‘z navbatida, bunday uchrashuvga tayyormi, degan savolga javoban Kreml vakili: “Prezident Putin bugun Moskvada bo‘ladigan Belarus Prezidenti bilan muloqotga doim tayyor”, deb javob qaytargan.
Avvalroq Lukashenko Baydenni Minskka taklif qilib, u yerda Putin bilan uchrashuv tashkil etishga tayyorligini bildirgan edi. AQSH Prezidenti 20-22 fevral kunlari Polshaga tashrif buyuradi, u hamkasbi Anjey Duda va “Buxarest to‘qqizligi” mamlakatlari (Bolgariya, Vengriya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Chexiya va Estoniya) rahbarlari bilan uchrashadi.
LiveBarchasi