Vashington BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini o‘zgartira oladimi?

Olam

image

AQSH BMT Xavfsizlik Kengashini isloh qilish bo‘yicha dunyoning barcha davlatlari bilan maslahatlashuvlar olib bormoqda, biroq u “beshlik”ning  doimiy a’zolari tarkibini o‘zgartira olmaydi. Bu haqda bugun, 1 mart kuni AQSHning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild Kongress Vakillar palatasining mablag‘lar bo‘yicha qo‘mitasidagi chiqishida aytgan.

Qayd etilishicha, qo‘mitada diplomatdan Hindiston va Yaponiyani Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari qatorida ko‘rish imkoniyati haqida so‘ralgan. U esa AQSH BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini o‘zgartira olmasligini aytgan. 

“Biz o‘tgan yilning sentyabr oyida Xavfsizlik Kengashi islohoti va BMTni kengroq isloh qilish bo‘yicha muhokamalarni boshladik. Biz Xavfsizlik Kengashining yanada keng qamrovli va vakolatli bo‘lishiga qaratilgan islohotni qo‘llab-quvvatlaymiz. Biroq besh doimiy a’zo BMT Nizomida mustahkamlangan, men uni o‘zgartira olmayman”, degan Linda Tomas-Grinfild.

Biroq AQSH diplomati BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibini o‘zgartirishning boshqa yo‘lini ma’lum qilgan. Unga ko‘ra,  BMT Xavfsizlik Kengashi yangi doimiy a’zolar va saylangan a’zolarni qo‘shish orqali o‘zgartirilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zolari sanaladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vashington BMT Xavfsizlik Kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing