Varan butsasini “mixga ildi”

Sport

image

“Real Madrid” klubidagi yorqin faoliyati bilan tanilgan fransiyalik futbolchi Rafael Varan futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 31 yoshli futbolchi oxirgi paytlarda jarohatlardan ko‘p aziyat chekkani bois faoliyatini yakunlashga qaror qilgan. Varanning oxirgi klubi Italiyaning “Komo” jamoasi bo‘ldi.

Faoliyati davomida Varan terma jamoasi bilan jahon chempioni, klub miqyosida 4 marta Yevropa Chempionlar ligasi, klublar o‘rtasida Jahon chempionati, 3 marta Ispaniya chempionati va UEFA Superkubogini qo‘lga kiritgan. “Real Madrid”dan tashqari “Lans” va “Manchester Yunayted” klublarida to‘p tepgan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Madrid Rafael' Varan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing