VAR, penalti, hisobga olinmagan gollar: “Nasaf” O‘zbekiston kubogi finalida
Sport
−
24 noyabr 2021
3960Bugun, 24 noyabr kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yarim finalidan o‘rin olgan OKMK va “Nasaf” uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi.
Asosan teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarda esa bir qator e’tiborga molik voqealar sodir bo‘ldi.
94-daqiqada Shohmalik Komilov burchakdan o‘zatgan to‘pni Alibek Davronov boshi bilan olmaliqliklar darvozasiga aniq zarba berib, hisobni ochdi.
109-daqiqaga kelib OKMK futbolchisi Sanjar Shoahmedov hisobni tenglashtirdi. Biroq bosh hakam Rahimbek Karimov VAR tizimi orqali golni bekor qildi. Ushbu vaziyatda mezbonlar himoyachisi Sardor Rahmonov darvozabonning yo‘lini to‘sib qo‘ygan va o‘yindan tashqari holatda qolib ketgan edi.
O‘yinning eng asosiy voqeasi 120-daqiqa yakunlanayotgan bir pallada sodir bo‘ldi. Mirjalol Qosimov shogirdlari qarshi hujumda ikkinchi marta hisobni tenglashtirishdi. Biroq bosh hakam VAR tizimi yordamida biroz avval Olmaliq jamoasi darvozaboni Valijon Rahimov jarima maydonchasi ichida qoida buzgan, deb topdi va penalti belgilab, golni bekor qildi. To‘p oldiga yaqinlashgan “Nasaf” hujumchisi Andriya Kaluderovich esa oradagi farqni ikkitaga oshirib, o‘yinga nuqta qo‘ydi.
OKMK – Valijon Rahimov, Mirg‘iyos Sulaymonov (Dilshod Ahmadaliyev, 62’), Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rahmonov, Akrom Komilov (Murod Toshmatov, 83’), Yovan Jokich (Sanjar Shoahmedov, 74’), Sanjar Tursunov, Mirjamol Qosimov (Zafar Polvonov, 83’), Shohruh Gadoyev, Aleksandr Kasyan (Martin Boake, 62’), Husniddin G‘ofurov.
“Nasaf” – Umid Ergashev, Dilshod Saitov (Jo‘rabek Mannonov, 106’), G‘olib G‘aybullayev, Umar Eshmurodov, Sherzod Nasrullayev, Akmal Mozgovoy, Marko Stanoyevich, Suhrob Nurulloyev (Alibek Davronov, 85’), Bahrom Abdurahimov (Abubakr-Rizo Turdialiyev, 75’), Oybek Bozorov (Shohmalik Komilov, 90’), Husain Norchayev (Andriya Kaluderovich, 90’)
Chetlatish: Marko Stanoyevich, 60’
Eslatib o‘tamiz, finalga yo‘l olgan Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari “Paxtakor” – “Bunyodkor” juftligi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.
LiveBarchasi