Vanuatuda 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Tinch okeanida joylashgan Vanuatu davlati qirg‘oqlarida 7,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

AQSH Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila manbai 57,1 km chuqurlikda bo‘lgan. Buning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, sunami haqida oldinroq ogohlantirish e’lon qilingan, ammo keyin barcha ogohlantirishlar bekor qilingan. Yer silkinishlari poytaxtdan 30 km g‘arbda qayd etilgan. Shundan so‘ng, 5,5 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, zilzila elektr ta’minotida uzilishlarga olib kelgan, transport vositalariga zarar yetkazgan va ko‘plab binolar, jumladan Port-Villadagi diplomatik majmuaga zarar yetkazgan. U yerda G‘arb davlatlarining, jumladan AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning elchixonalari joylashgan. Birinchi qavatning bir qismi qisman qulab tushgan, binoning bir nechta oynalari ham singan.

"Port Viladagi AQSH elchixonasi jiddiy zarar ko‘rdi va ma’lum muddatga yopildi", deyiladi xabarda.

“Reuters”ga ko‘ra, Port-Villadagi xalqaro yuk tashish terminali yaqinida ko‘chki sodir bo‘lib, unga kirishni to‘sib qo‘ygan.

Ma’lumot uchun, Vanuatu 80 ta oroldan iborat mintaqada joylashgan Tinch okeanidagi davlatdir. Uning aholisi 334 ming kishidan oshadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi Shimoliy Kaliforniya sohillarida 7 magnitudali zilzila yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila Tinch okeani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing