Kaliforniyada 7 magnitudali zilzila bo‘ldi (video)

Olam

image

AQSHdagi Shimoliy Kaliforniya sohillarida 7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSH Geologik xizmati (USGS) xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila epimarkazi Atlantika okeanida, Ferndal shahridan 100 km janubi-g‘arbda joylashgan. Seysmik faollik manbai taxminan 10 km chuqurlikda joylashgan.

Seysmik faollikdan keyin shtatning kontinental qismida 30 dan ortiq silkinishlar qayd etilgan, ulardan birining magnitudasi 5,8 ni tashkil qilgan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Power Outage.us xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Kaliforniyada 12 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom zilzila sababli shtatda favqulodda holat joriy etish haqidagi hujjatni imzoladi.

X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarda Nyusom favqulodda choralar tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qo‘shimcha resurslarni yo‘naltirishga imkon berishini yozdi. Kaliforniya gubernatori so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar shtat aholisining to‘g‘ri xavfsizligini ta’minlash va ularni ehtiyot choralari haqida zudlik bilan xabardor qilish ustida ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing