Vanihoyat! Toshkent hokimligi ekologik vaziyatni yaxshilash rejasini ishlab chiqmoqda

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqmoqda. Bu haqda hokimlik xabarida aytilgan.

So‘nggi kunlarda poytaxtda ekologik vaziyat yomonlashayotgani, havo ifloslanishi yuzaga kelayotgani qayd etilmoqda.

Hokimlikning ma’lum qilishicha, ishlab chiqilayotgan chora-tadbirlar rejasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, havoga chiqayotgan maishiy chiqindilarni kamaytirish, jamoat transporti tizimini ham sifat, ham son jihatdan yaxshilash, yo‘llarda ustuvorlikni mashinalarga emas, eng avvalo piyodalarga, undan so‘ng jamoat transportiga berishga qaratilgan infratuzilmani yaratish va shu kabi bir qator o‘zgarishlar mavjud.

“Ekologik holatni yaxshilash va aholi salomatligini asrab-avaylash maqsadida ayrim keskin qarorlarni qabul qilish talab etiladi. Shu sababli mazkur qarorlar kelgusida salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi uchun ilmiy tadqiqotlar hamda tahlillarga asoslangan bo‘lishi zarur”, deyiladi ushbu xabarda.

Aytilishicha, ayni kunlarda shahar hokimligi huzurida har bir yo‘nalish bo‘yicha, mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda. Har bir ishchi guruhning tahliliy xulosalari asosida poytaxt miqyosida qilinadigan amaliy choralar haqida taqdimot tayyorlanmoqda. Tez orada ushbu taqdimot keng jamoatchilik e’tiboriga havola etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havo iflosligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing