Vanda Nara Mauro Ikardi bilan munosabatlariga nuqta qo‘ydi
Sport
−
04 noyabr 2021
5944PSJ hujumchisi Mauro Ikardining rafiqasi, model Vanda Nara argentinalik futbolchi bilan munosabatlarini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda uning yaqin dugonasi Ianina Latorre ommaga ma’lum qilgan.
Gap shundaki, Mauro Ikardi xotinini kolumbiyalik model Chayna Suares bilan uchrashmaganiga ishontirgan. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchi yolg‘on gapirgan. Biroq Ikardi rafiqasi Parijda bo‘lmagan paytda Suares bilan uchrashgan. Ikkisining uchrashuvlari haqida batafsil ma’lumot beruvchi elektron pochta xabarini Chaynaning tanishi Vanda Naraga yuborgan.
Joriy yilning oktyabr oyida, Nara Ikardini xiyonatda ayblab, ijtimoiy tarmoqlarda u bilan birgalikda tushgan barcha suratlarini o‘chirib tashlagan edi. Biroq vaqt o‘tgach, juftlik yarashib olgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi Nara bilan 2014 yilda tanishgan. O‘shanda Vanda argentinalik boshqa bir futbolchi Maksi Lopesdan voz kechib, Mauro bilan ishqiy munosabatga kirishgan.
Ma’lumot uchun, Lopes Lionel Messining yaqin do‘sti hisoblanadi.