Markaziy bank valyuta operatsiyalari bo‘yicha cheklovlarni bekor qildi

Jamiyat

image

Markaziy bank valyuta operatsiyalariga kiritilgan cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 16 sentyabr kuni Markaziy bank binosida valyuta amaliyotlarini o‘tkazishda shaffoflikni ta’minlash hamda qonunchilik talablaridan kelib chiqqan holda mazkur operatsiyalar ustidan monitoringni takomillashtirish borasidagi Markaziy bank qarori yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Markaziy bank 18 sentyabrdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar valyuta operatsiyalarini faqat asosiy hisobvarag‘i ochilgan bankda amalga oshirishi hamda tijorat banklari uchun valyuta operatsiyalariga qo‘yiladigan boshqa talablar muhokama qilingan. 

Mazkur anjumanda Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov ishtirok etib, yuqoridagi qaror yuzasidan tushuntirish bergan. Unga ko‘ra, jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan, qabul qilinmagan har qanday qaror bekor qilinadi. Jumladan, Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasining valyuta chekloviga oid yuqoridagi qarorini ham bekor qilgani ma’lum qilindi. 

“Banklarga shu mazmunda xat yuborilgan. To‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin, bozordan qo‘ymasin. Ortga qaytgulik qilmasin. Markaziy bank yuridik shaxslarning valyuta sotib olishiga doir cheklovlar bekor qilingani to‘g‘risida tijorat banklariga ko‘rsatma xati yuborgan. O‘zbekistonda valyuta operatsiyalariga qo‘yilgan yangi cheklovlar bekor qilindi”, deydi Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Nurmuratov.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank Valyuta Mamarizo Nurmuratov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing