Koronavirus: bugun bemorlar soni qariyb 600 nafarga ko‘paydi
Jamiyat
−
18 avgust 2020
14495Bugun, 18 avgust kuni O‘zbekistonda 591 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Mamlakatda rasman e’lon qilingan koronavirus qurbonlari soni 243 nafarga yetdi.
Kun davomida Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 643 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 36 518 nafar bemordan 32 223 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4052 nafar bemordan 411 nafari og‘ir, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
LiveBarchasi