Valentina Matviyenko izolyatsiyaga olindi
Olam
−
02 dekabr 2020
7049Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgani uchun izolyatsiga olindi. Bu havda bugun, 2 dekabr kuni OAVga palataning vitse-spikeri Andrey Yaskin ma’lum qilgan.
“Valentina Ivanovna Matviyenko COVID-19 virusiga chalingan bemor bilan aloqada bo‘lgan, amaldagi qoidalarga muvofiq, u o‘zini izolyatsiya qilmoqda”, deydi Yaskin yalpi majlis boshida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Federatsiya Kengashi spikeri o‘z ishini masofadan turib davom ettiradi. U birinchi o‘rinbosariga 2 dekabr kuni yalpi majlis o‘tkazishni buyurdi.
Federatsiya Kengashi spikeri matbuot kotibi Vladislav Ponomarenkoning OAVga ma’lum qilishicha, Matviyenko o‘rinbosarlari va qo‘mita raislari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
LiveBarchasi