MDH prezidentlari kelasi yil qayerda uchrashishi ma’lum bo‘ldi
Olam
−
12:38 2272 1 daqiqa
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi 2026 yil 9 oktyabr kuni Kaspiy dengizi bo‘yidagi Turkmanboshi shahrida yig‘iladi. Bu haqda Turkmaniston Xalq Maslahati (Xalq Kengashi) raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali suhbat chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Turkmanistonning "Watan" axborot dasturi.
Qayd etilishicha, Berdimuhamedov sammit yirik xalqaro forumlarni o‘tkazish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan Avaza milliy sayyohlik zonasida (Turkmanboshi shahrida joylashgan) o‘tkaziladi.
Xalq Kengashi raisi, shuningdek, boshqa narsalar qatori, MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi va Turkmanistonning Hamdo‘stlikka raisligi doirasida demografik masalalar bo‘yicha konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishi muhimligini bildirgan.
MDH Davlat rahbarlarining avvalgi sammiti 2025 yilning 10 oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidentit Imomali Rahmon, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirok etdi. Kengash yig‘ilishini 2025 yilda MDHga raislik qiluvchi Tojikiston rahbari olib bordi. 2026 yil 1 yanvardan boshlab tashkilotga raislik qilish Turkmanistonga topshirildi.