“Valensiya Basket” Isroil klubiga qarshi o‘yinga chipta sotmaslikni ko‘rib chiqmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Valensiya Basket” basketbol jamoasi 15 oktyabr kuni Yevroliga doirasida “Hapoel Tel-Aviv”ga qarshi o‘yinda chiptalar sotishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Klub bosh direktori Enrik Karbonel matbuot anjumanida bu borada hali yakuniy qaror qabul qilinmaganini ma’lum qildi.

“O‘tgan mavsumda biz xavfsizlikni ta’minlash uchun chiptalarni sotmaslikka qaror qilgan edik. Shunda hech kim basketboldan zavqlanishdan boshqa maqsadda kelmasdi. Hozir ham shunga o‘xshash vaziyatni ko‘rib chiqyapmiz”, deydi Karbonel.

Bosh direktorning so‘zlariga ko‘ra, “Valensiya Basket” yaqinda Ispaniyada bo‘lib o‘tgan “La Vuelta” poygasida Isroil jamoasiga qarshi norozilik namoyishlari fonida ehtiyot choralarini kuchaytirgan. Shu sababli, klub Yevroliga va Ispaniya hukumatining mintaqaviy delegatsiyasi bilan muzokaralarni jadallashtirgan.

“Biz 15 oktyabr kuni Isroil jamoasini qabul qiladigan dastlabki klublardanmiz. “Manresa” ham xuddi shunday holatda. Shu bois, ikkala klub o‘rtasida yaqin muloqot olib borilyapti”,  deya qo‘shimcha qildi Karbonel.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziya hukumati gimnastika bo‘yicha Jakartada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati uchun Isroil sportchilariga viza bermasligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil Valensiya Basket Evroliga Hapoel Tel'-Aviv La Vuelta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing