Vaksina olgan odamga sovuq suv ichish mumkin emasmi?
Salomatlik
−
17 may 2021
7157Koronavirusga qarshi vaksina olgan fuqaro 3 kun mobaynida cho‘milishi, oftobda yurishi yoki og‘ir jismoniy mehnat qilishi mumkin emas. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova ma’lum qildi.
“Koronavirusga qarshi vaksina olgan fuqaro 3 kun mobaynida cho‘milishi, oftobda yurishi yoki og‘ir jismoniy mehnat qilishi mumkin emas. Iloji boricha, shu muddat davomida o‘zini ehtiyot qilishi talab etiladi. Sovuq suvdan foydalanmang va ichmang degan tavsiyada ham ma’no bor”, deydi u.
Toirovaning so‘zlariga ko‘ra, u kunlarda ob-havoning o‘zgarishi, ya’ni salqin tushishi kuzatilgan. Bunday paytda sovuq ichimliklarni ichish oqibatida tomoq og‘rishi yoki shamollash holatlari yuzaga kelishi mumkin.
LiveBarchasi