Vakolatlarini kengaytirgan Japarov hokimlar saylovini bekor qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov shahar hokimlari saylovini bekor qilish to‘g‘risidagi qonunga imzo chekdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan. 

Ta’kidlanishicha, endi tuman rahbarlarini hukumat taklifiga binoan Prezident tayinlaydi. Shuningdek, u viloyat va Respublika ahamiyatidagi shaharlar hokimlarini ham tayinlaydi. 

Qonunda tuman boshlig‘i va shahar hokimi lavozimlariga nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari va cheklovlar aniq ko‘rsatilgan. Japarov joylardagi hal qilinmagan muammolar uchun endi tuman hokimlari javobgar bo‘lishidan ogohlantirgan. 

“Tuman boshlig‘iga davlat organlarining hududiy bo‘linmalari rahbarlari, shuningdek mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish ijroiya organlari rahbarlarining unga berilgan davlat vakolatlari nuqtai nazaridan hisobotlarini eshitish vakolati berilgan, statistika organlari, milliy xavfsizlik, ichki ishlar va mahalliy harbiy boshqaruv organlari bundan mustasno”, deyilgan matbuot xizmati xabarida. 

Yangi qonun qabul qilinishidan oldin, Qirg‘izistonning viloyat ahamiyatiga ega shaharlari hokimlari mahalliy kengashlar deputatlarining ko‘pchilik ovozi bilan saylanardi. 

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarov o‘z vakolatlarini sezilarli darajada kengaytiruvchi “Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi konstitutsion qonunga imzo chekkandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Japarov

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing