Vakolati tugagan 13 nafar sudya lavozimiga qayta tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 9 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida vakolat muddati yakuniga yetgan 13 nafar sudya navbatdagi muddatiga tayinlandi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

Farrux Sobirjonovich To‘raxo‘jayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Baxtiyor Ergashovich Umirov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Sirojiddin Ergashevich Quvvatov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Akmal Ulug‘bekovich Alimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Behzod Hamidovich Jo‘rayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Samarqand viloyati Payariq tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Abrorjon Alimjonovich Omonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Uchko‘prik tuman sudining raisi lavozimiga;

Jamolxon Odilovich Qosimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

Azizbek Avazbekovich Akbarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati Marg‘ilon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;

Ollamurat Muxtarovich Suyunov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkabog‘ tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Iqboljon Gulyamovich Azizov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Saidazizxon Saidazamxonovich Akbarov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Bekzod Olimovich Kazakov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudining raisi lavozimiga;

Durdonaxon Maxamatxo‘jayevna Abduqahhorova – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing