Vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish masalasi muhokamaga qo‘yildi
Jamiyat
−
02 aprel 2020
6435Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun vaqtinchalik mehnat guvohnomasini joriy etish to‘g‘risida” 2019 yil 9 iyuldagi 566-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan edi.
Ayni vaqtda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ushbu qaror muhokama etilmoqda.
Mazkur qaror loyihasiga ko‘ra, amaldagi hujjatdagi “yagona ijtimoiy to‘lov” jumlasi “ijtimoiy va daromad solig‘ini”, degan so‘zlar bilan almashtirilmoqda.
Shuningdek, mehnat guvohnomasini rasmiylashtirgan va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarning talabiga ko‘ra, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining milliy vakansiyalar bazasiga ularning faoliyat turlari (xizmatlar, ishlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 3 oygacha bo‘lgan muddatga bepul joylashtirilishini ta’minlash belgilanmoqda.
Bundan tashqari, ish topishga ko‘maklashish uchun ushbu ma’lumotlarni “UZ” domenidagi mobil ilova va veb-saytlar orqali e’lon qilib borilishi ham ko‘zda tutilmoqda.
Ushbu qaror loyihasi bilan mana bu havola orqali tanishish va taklif va mulohazalar bildirish mumkin.
LiveBarchasi