Elektron mehnat daftarchalari joriy etilishi boshlandi
Jamiyat
−
27 yanvar 2020
5958Joriy yilning 1 yanvaridan yangi mehnat shartnomalarini, shuningdek, amaldagilariga o‘zgartirish kiritish va tugatishni YAMMT (yagona milliy mehnat tizimi) idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksi (YAMMT) bilan ishlash mexanizmi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi qarorida belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi PQ-4502-son qaroriga asosan esa 2020 yil 1 yanvardan yangi mehnat shartnomalarini, shuningdek amaldagilariga o‘zgartirish kiritish va tugatishni YAMMTda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish joriy etilishi belgilangan.
Qarorga ko‘ra, ishlayotgan xodimlarning mehnat shartnomalarini 2020 yilning 1 sentyabrga qadar YAMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish lozim. Bundan tashqari, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab elektron mehnat daftarchasi joriy etiladi. U mehnat shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga ma’lumotlarni kiritishda YAMMTda avtomatik tarzda shakllanadi.
Mehnat munosabatlarini YAMMTda ro‘yxatdan o‘tkazish mulkchilik shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha ish beruvchilar, shu jumladan, alohida tarkibiy tuzilmalar, xususiy korxonalar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun majburiydir.
YAMMTni boshqarish direksiyasi tizimning operatori hisoblanadi. U tizimning ishlashini, undan foydalanishni ta’minlaydi, shuningdek tashkiliy-texnik jihatlarini tartibga soladi.
LiveBarchasi