“Vaqf” fondiga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

Isaxon Abdullayev “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

Kecha, 13 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov raisligida “Vaqf” xayriya jamoat fondi Vasiylik Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda “Vaqf” fondi raisi vazifasida ishlayotgan Ziyovuddin Mirsodiqov o‘z arizasiga binoan egallab turgan vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga Isaxon Abdullayev kengash a’zolari tomonidan saylangan.

Shuningdek, yig‘ilishda fond faoliyatini rivojlantirish borasidagi kelgusidagi rejalar muhokama qilinib, tegishli qaror qabul qilingan.

Ma’lumot o‘rnida, Isaxon Abdullayev Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutini tamomlagan. U mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul xodimi, Maxsus jamg‘arma raisi hamda Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamg‘armasi ijrochi direktori kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan. 

Tayinlovga qadar u “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi o‘rinbosari vazifasida ishlayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vaqf fondi Nuriddin Xoliqnazarov Isaxon Abdullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing