“Vagner” rahbari Baxmutdagi rus pozitsiyasi xavf ostidaligini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning “Vagner” yollanma qo‘shinlari rahbari Yevgeniy Prigojin, agar uning qo‘shinlari o‘q-dorilar bilan ta’minlanmasa, Ukraina sharqidagi Baxmut shahri atrofidagi Rossiyaning pozitsiyasi xavf ostida qolishi haqida ogohlantirdi.

Prigojinning aytishicha, agar uning kuchlari fevral oyida Moskva tomonidan va’da qilingan o‘q-dorilarni olmasa, Baxmut yaqinidagi Rossiyaning front chizig‘i qulashi mumkin.

“Hozircha biz sababini aniqlashga harakat qilmoqdamiz: bu oddiy byurokratiyami yoki xiyonatmi?” deydi Prigojin o‘q-dorilar yo‘qligiga ishora qilib.

Ta’kidlash joizki, yollanma qo‘shin boshlig‘i muntazam ravishda Rossiya mudofaa kuchlarining yuqori darajali generallarini tanqid qilib keladi. Joriy yilning fevral oyida ham u Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va boshqalarni o‘z odamlariga o‘q-dorilar yetkazib bermagani uchun xiyonatda ayblagan. 4 mart kuni “Orkestr Vagnera” Telegram-kanalida e’lon qilingan qariyb to‘rt daqiqalik videoda esa Prigojin agar Rossiya urushda mag‘lub bo‘lsa, hukumat uning qo‘shinlarini aybdor qilib qo‘ymoqchi ekanidan xavotirda ekanini aytgan.

“Agar Vagner hozir Baxmutdan chekinsa, butun front qulab tushadi. Vaziyat Rossiya manfaatlarini himoya qiladigan barcha harbiy tuzilmalar uchun yoqimli bo‘lmaydi”, deydi Prigojin.


Maqola muallifi

Teglar

Vagner Rossiya bosqini Baxmut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing