“Vagner” Baxmutdan orqaga chekindi – ISW

Olam

image

“Vagner” guruhining yollanma askarlari Ukrainaning Baxmut shahridan chekindi. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tomonidan e’lon qilingan xaritada keltirilgan.

Ukraina harbiylarining xabar berishicha, Rossiyaning hujum operatsiyalari Baxmut yo‘nalishida ikkita otishmaga qadar keskin qisqartirilgan. Ukraina Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar bu kamayishni Rossiya joyida yordam ko‘rsatgani va hududda kuchlarni qayta to‘plagani bilan izohlagan.

27 may kuni Ukraina Bosh shtabining ma’lum qilishicha, rus qo‘shinlari Xromovodan g‘arbga va Predtechino (Baxmutdan 15 km janubi-g‘arbda) tomon muvaffaqiyatsiz hujum operatsiyalarini o‘tkazgan.

Malyarning ta’kidlashicha, Ukraina kuchlari Baxmutning shimolida va janubida hukmron baland yerlarni ushlab turgan va Ukraina kuchlari boshqa aniqlanmagan vazifalarni bajarish uchun 26 va 27 may kunlari harbiy harakatlarni to‘xtatgan.

Shuningdek, u Ukraina kuchlari Baxmut shahrining janubi-g‘arbiy chekkalaridagi pozitsiyalarni nazorat qilishda davom etayotganini aytgan.

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilovga ko‘ra, “Vagner” yollanma askarlari Baxmut shahridan chiqib ketib, yana uchta joyda to‘planmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin 224 kunlik hujum operatsiyasidan keyin Baxmut to‘liq nazoratga olinganini aytgani haqida xabar bergan edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay Ukraina Qurolli kuchlari Prigojinning ushbu da’vosini rad etib chiqdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made