Va’daga vafo: Ilon Mask Tesla aksiyalarining bir qismini sotdi
Olam
−
11 noyabr 2021
10125Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Twitter’da Tesla aksiyalarini sotish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnomadan bir necha kun o‘tib ularni sotgan. Bu haqda “Bloomberg” xabar bergan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask 2,5 mln opsionlarni 6,24 dollar narxdan sotgan.
Qayd etilishicha, tadbirkor 2016 yildan beri birinchi marta qimmatli qog‘ozlarni sotgan. O‘shanda u 590 million dollar daromad solig‘ini to‘lash uchun aksiyalarini sotgandi.
Joriy yilning 6 noyabr kuni Mask Twitter foydalanuvchilaridan Tesla aksiyalarining 10 foizini sotish yoki sotmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishni so‘radi va so‘rov natijalariga amal qilishini aytdi. Natijada 3,5 milliondan ortiq ishtirokchilarning 57,9 foizi qimmatli qog‘ozlarni sotish imkoniyatini qo‘llab-quvvatladi.
“Forbes” milliarderlar reytingiga ko‘ra, 1 noyabr kuni Ilon Mask tarixda boyligi 300 milliard dollardan oshgan birinchi shaxs bo‘ldi.
LiveBarchasi