“Va’da berib, bajarishmadi”. “Zirapcha”dagi Xumora kimdan norozi?

Intervyu

Avvalroq, “Zirapcha” realiti-shousi ishtirokchilaridan biri Xumora Iminjonova Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) qilganlikda ayblanib sudlangani, Sud Xumora Iminjanovaga nisbatan shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish va bir yil sinov muddati belgilagani haqida xabar bergan edik. Shundan so‘ng, Xumora Iminjonova QALAMPIR.UZ tahririyatiga murojaat qildi. 

Xumora Iminjanova “Yoshlar ittifoqi”dan norozi. Xumoraning aytishicha, tashkilot mutasaddilari sudiga qatnashish, kafillik qilish haqida OAV orqali va’da qilishgan-u, biroq va’da bajarilmay qolib ketgan.
 
“Zirapcha” teleloyihasida Yoshlar ittifoqining vakillaridan biri Go‘zal Tursunmetova Xumora tomonidan murojaat etilsa, har qanday yordamga tayyor ekanini aytgan. Bunday va’da bir marta berilmagan. Loyihaning final sonida ham bu masala hal etilgani haqida ta’kidlangan. Yaxshisi bu haqda Xumoraning o‘zidan eshitsak. 

Xumora Iminjanova:

—  “Tergov harakatlari “Zirapcha” teleloyihasida qatnashayotgan vaqtimdayoq boshlangan ekan. 8 oylar avval sud bo‘lib, “delo” yopilgan edi. Bilishimcha, yana qayta ochilgan. Loyiha tugaganidan so‘ng, tergov haqida bildim. Men Rossiyaga ketmoqchi edim. Rayhon opa o‘zimizda ham ish topish mumkinligini aytdi. Men odamlardan hech narsa yashirmayman. O‘shanda ham aytganman. Bu ishlar ko‘rsatuvdan oldin bo‘lgan. 

Ko‘rsatuvga kelishimdan maqsad – o‘zimni xarakterimni o‘zgartirish, psixologlar bilan muloqot qilish bo‘lgan. Bu yo‘lning oxiri yo‘q, to‘g‘ri yo‘ldan olib borishadi deb borganman. 23 yanvar kuni sud bo‘ldi. Men Yoshlar ittifoqiga xujjat topshirdim. Ariza berdim. Sud bo‘lganida, borishni va’da qilishdi. Suddan bir kun oldin telefon qildim. Go‘zal opa (Tursunmetova – tahr.) keyingi sud majlisiga kelishini aytdi. Keyingi sud majlisida ham hech kim kelmadi. Ular ko‘rsatuvda ham yordam berishlarini aytgandi, ko‘plab odamlarga yordam berishganini aytishgandi. Yo‘q, menga yordam berishmadi. 

Davlat tomonidan menga advokat berildi. O‘sha advokat meni himoya qilib olib chiqdi. Sud hukmi bilan menga 1 avgustgacha muddat berildi. Biroq MIB xodimlari 15 kun ichida to‘lashimni aytmoqda. 15 kun ichida shuncha pulni men qayoqdan olaman? Yoshlar ittifoqidan kelishganida, boshqacha bo‘larmidi, balki... “Melek” kompaniyasi tomonidan ish berilgandi. 3 oyga yotoq joyi bilan deb aytishgandi. Hozir yotoq joy yo‘q deb aytishmoqda. Ishga 100 kmdan kelib ketmayman-ku.

Yoshlar ittifoqidagilar menga va’da bermasa, odamga ishonch bermasdan, bu gapni aytmaganlari yaxshi edi”.          
        
Tahririyat ushbu masala yuzasidan hozircha faqatgina taraflardan birining so‘zlariga quloq tutdi. Bu haqiqiy voqelik deyishdan yiroqmiz. Ikkinchi tomon sifatida o‘z tushuntirishlari yoki qarshi fikrlari bo‘lsa, Yoshlar ittifoqining vakiliga ham minbar berishga hamisha tayyormiz. 

Tahririyat voqealar rivojini albatta kuzatib boradi.  


Maqola muallifi

Teglar

Zirapcha Xumora Iminjanova Xumora Yoshlar ittifoqi

Baholaganlar

375

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing