Vahshiy qotillik! Toshkentda erkak o‘ldirilib, murdasi parchalab tashlandi
Jamiyat
−
13 may 2020
64515Joriy yilning 7 may kuni Toshkent shahrida 31 yoshli oilali erkak vahshiylarcha o‘ldirildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga o‘z manbasi xabar berdi.
7 may kuni soat 10:00 larda 1989 yil tug‘ilgan Uchtepa tumani, Dilnavo ko‘chasida yashovchi R.R. uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan. Keyinroq uning parchalangan jasadi topilgan.
Holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landik. U bo‘lgan voqealarni tasdiqlab, quyidagilarni ma’lum qildi.
Voqea sodir bo‘lgan kuni R.R. Lacetti rusumli avtomobilida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan. Holat bo‘yicha 11 may kuni Toshkent shahar IIBB tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlar davomida aniqlanishicha, Yunusobod tumani, Bog‘i-shamol ko‘chasida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan, sudlangan J.A. unga muqaddam sotib olish sharti bilan ijaraga avtomashina bergan tanishi R.R. puldorligini bilib, uning pul mablag‘larini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritishga qaror qilgan. Shu maqsadda tanishi 1991 yilda tug‘ilgan, sudlanmagan M.M. va S.A. (ayol) bilan til biriktirgan.
Telegram messenjeri orqali R.R. bilan ayol kishi sifatida tanishib, SMS xabarlar orqali muloqotda bo‘lgan va7 may kuni soat 14:00 larda S.A. yordamida R.R.ni o‘zi yashab kelayotgan xonadonga jalb qilib, xonadon ichida M.M. bilan birga R.R.ga hujum qilib, urib-do‘pposlab, qo‘l va oyoqlarini arqon bilan bog‘lab, uning shimi orqa cho‘ntagida bo‘lgan 400 AQSH dollari va 1 000 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, J.A. va M.M. jinoiy harakatlarini davom ettirib, zo‘rlik ishlatib, g‘ayriqonuniy ravishda R.R.ni xonadonda ushlab turib, undan pul berishni talab qilib, uning uyali telefonidagi Telegram mesendjeri orqali ota-onasi I.P. va N.P. bilan R.R. nomidan SMS xabarlar almashgan. R.R.ni otasi I.P. bilan telefon orqali gaplashtirib va do‘sti M.S.ni uyidan 29 000 AQSH dollarini oldirib, shu kuni soat 21:45 larda Yunusobod tumani, Markaz-5 dahasi, Sh.Rashidov ko‘chasidagi Germaniya elchixonasi ro‘parasida M.S. bilan uchrashib, 29 000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini bosqinchilik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.
So‘ngra, J.A. sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida, 8 may soat 01:00 larda R.R.ga pichoq tirab, qo‘l va oyoqlari bog‘langan holda uyidan yetaklab chiqib, qurbonning o‘zi ushbu manzilga boshqarib kelgan Lacetti rusumli avtomashinasi yukxonasiga majburan yotqizib, ikki kun avval ijaraga olingan Yashnobod tumani, Asalobod ko‘chasi, 17/17-uyga olib borgan. Avtomashinani hovliga olib kirib, yukxonadan R.R.ni tushurib, uni yetaklab, ushbu uyning ayvon xonasiga olib kirib, o‘zi bilan olib kelgan bita bilan R.R.ning bosh va tanasining turli qismlariga urib, qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng, J.A. yollanma ishchilar yordamida mazkur xovlida chuqur qazdirib, soat 21:00 larda o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan R.R.ning murdasining bo‘laklarga ajratib, qazdirgan chuqurga ko‘mib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.
To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, J.A.ning harakatlarida qasddan odam o‘ldirish jinoyat tarkibi mavjudligini hisobga olib, jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 137-moddasi 1-qismidan JKning 97-moddasi 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi 3-qismi “g” bandiga qayta malakalangan. Gumondorlar qo‘lga olingan.
LiveBarchasi