“Vahimaga o‘rin yo‘q”. Mahalliy rahbarlar “Hisorak” suv omboridagi holat haqida (video)

Jamiyat

image

Kecha, 10 iyun kuni Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan “Hisorak GES” UK boshqarmasiga qarashli “Hisorak” suv ombori to‘g‘onining chap tarafidan qo‘shimcha tunnel ochish maqsadida olib borilayotgan muhandislik texnik tadbirlari vaqtida suv sizib chiqishi holati kuzatildi. Shahrisabz tuman hokimi va Qashqadaryo viloyat FVB boshlig‘i videomurojaat bilan chiqib, jiddiy hodisa yuz bermaganini ma’lum qildi va aholidan uy-joylarini tashlab ketmaslikni so‘radi.

Bildirilishicha, avariya oqibatini bartaraf etish maqsadida “O‘zbekgidroyenergo” AJ boshqaruvi raisi rahbarligida viloyat hokimi, FVB, IIB boshliqlari va boshqa mutasaddi tashkilotlardan iborat tezkor shtab tuzilib, maxsus texnikalar yordamida barcha zarur muhandislik tadbirlari olib borilmoqda. 

Qayd etilishicha, holat Favqulodda vaziyatlar vazirligi nazoratida. Suv omboriga shikast yetmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Murojaatda aytilishicha, har yili yoz fasli boshida paxta va g‘allani sug‘orish maqsadida Qamashi tumanidagi “Chimqo‘rg‘on” suv omboriga suv chiqariladi. Joriy yilda ham shu tadbir amalga oshirilgan vaqtda suv sathi ko‘tarilishi kuzatilgan.

Mas’ullar aholidan vahimaga tushmaslikni, hammasi nazorat ostida ekanligini, hech qanday jiddiy xavf yo‘qligini, yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni ta’kidlagan. Shuningdek, aholidan o‘z yashash joylarini tark etmaslik, aksincha hamma o‘z yashash uyida qolib, tunni sokin o‘tkazishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo Hisorak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing