Vetnamda 44 yoshli rus cho‘kib ketdi

Olam

image

Vetnam janubidagi Mui Ne kurort hududida rus sayyohi dengizning taqiqlangan joyida cho‘kib ketdi, deya xabar beradi RIA Novosti.

Vafot etgan kishi 46 yoshli Aleksandr Koloskov ekani aniqlangan.

Bugun, 7 sentyabr kuni  soat 10:30 (Toshkent vaqti bilan 08:30) da, soxilda cho‘milayotgan sayyohlar Koloskovni qirg‘oqdan 100 metr masofada kuch bilan suvdan chiqishga harakat qilayotganini ko‘rgan. Ular qutqaruvchilarni chaqirgan. Biroq qutqaruvchilar va ko‘ngillilar sayyohni suvdan chiqarganda uning vafot etgani ma’lum bo‘lgan. 

Marhumning rafiqasi Yelena Koloskova bu paytda voqea joyidan 400 metr naridagi mehmonxonada bo‘lgan. Yelenaning so‘zlariga ko‘ra, nonushta qilgandan keyin u mehmonxona hovuziga borgan, eri esa dengiz sohiliga yolg‘iz o‘zi borgan.

Mui Ne kurort hududini o‘z ichiga olgan Bin Tuan provinsiyasining sud tibbiyoti markazida marhumning jasadi markazga yetkazilib, u yerda rossiyalik sayyohining o‘limining aniq sabablarini aniqlash uchun Vetnamdagi Rossiya elchixonasi ruxsati bilan otopsi amalga oshiriladi.

Mahalliy politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, Binx Tuan provinsiyasining ko‘plab plyajlarida, shu jumladan 7 sentyabr kuni vetnam, ingliz va rus tillarida cho‘milishni taqiqlovchi e’lonlar paydo bo‘lgan.

Mui Ne - Vetnamning kurort joylaridan biri bo‘lib, Rossiya sayyohlari orasida eng mashhuridir.

O‘tgan yili kurortga 155 mingdan ortiq rossiyaliklar tashrif buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

sayyoh rus

Baholaganlar

34

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing