“O‘ztransgaz” raisi o‘rinbosari qarzdorlik sabab lavozimidan ozod qilindi
Jamiyat
−
06 aprel 2019 7000 1 daqiqa
Baxtiyor Rahmonqulovich Anorqulov “O‘ztransgaz” raisining moliya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi. QALAMPIR.UZ bu haqda o‘z manbalariga asosan xabar beryapti.
O‘rinbosarning lavozimidan olinishiga kompaniyaning “Lukoyl” oldidagi 600 mln dollar miqdordagi qarzdorligi sabab bo‘lgan.
“O‘ztransgaz” vakillari Baxtiyor Anorqulovning lavozimidan ozod qilingani to‘g‘risidagi hujjat ularda mavjud emasligini bildirdi.
Live
Barchasi