“O‘ztransgaz” ba’zi iste’molchilar bir necha baravar ko‘p gaz ishlatayotganidan nolidi
Jamiyat
−
27 noyabr 2020
7156O‘zbekistonda ba’zi iste’molchilar belgilanganidan 6 baravar ko‘p gaz ishlatyapti. Bu haqda “O‘ztransgaz”ning aholiga yo‘llagan murojaatida aytib o‘tildi. Murojaatni kompaniya Matbuot kotibi brifing vaqtida o‘qib eshittirdi.
Qayd etilishicha, uylarni gazlashtirish texnik loyihalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 1000 metr kubdan oshmasligi kerak. Ammo “Hududgazta’minot” AJ taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, smart dasturlar orqali ba’zi abonentlarning bir oyda 7 ming kub metrgacha gaz iste’mol qilishi aniqlanyatpi.
Iste’molchilar tomonidan tabiiy gazning ortiqcha iste’mol qilinishi bilan bog‘liq shu kabi ayrim holatlar qo‘shni xonadon, yaqin atrofdagi mahallalar va umuman tumanlarning tabiiy gaz bilan ta’minlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda”, deyiladi jamiyat xabarida.
Shuningdek, qator tumanlarda yakka tartibdagi uy xo‘jaliklari tomonidan parrandachilik xonalari, issiqxonalarni isitish, yashirin ohak pechlarini yoqish yoki o‘sha manzillardagi xonadonning gazlashtirish loyihasiga kiritilmagan qo‘shimcha gaz uskunalaridan foydalanilishi oqibatida tabiiy gazni me’yordan ortiq sarflash holatlari aniqlangan.
“Aziz yurtdoshlar, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanaylik!”, deya yakunlangan “O‘ztransgaz” murojaati.
LiveBarchasi