“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga ko‘ra, Azizbek Abdulazizovich Bahodirov “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qaroriga asosan, uyushma raisining ilm-fan va innovatsiyalar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA nashri xabar tarqatdi.

Azizbek Bahodirov 2017 yilning fevral oyidan buyon Toshkent arxitektura-qurilish institutining qurilish texnologiyasi va tashkiliyoti kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. Namangan muhandislik-pedagogika institutining qurilish fakultetini 1998 yilda tamomlagan.

2012-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Toshkent arxitektura- qurilish institutida turli lavozimlarda ishlagan. U texnika fanlari doktori, professor.


Maqola muallifi

Teglar

Tayinlov O'zsanoatqurilishmateriallari

Baholaganlar

13

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing