Buxoro IIBga boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
24 fevral 2023
9271Polkovnik Mirjamol Yuldoshevich Mirolimov Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda bugun, 24 fevral kuni Buxoro viloyatida Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Po‘lat Bobojonov tomonidan o‘tkazilgan ichki ishlar organlarining xizmat faoliyatiga oid tezkor yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Tayinlovga qadar Mirjamol Mirolimov Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamentida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, yig‘ilishda Buxoro viloyatida o‘tgan yilning hisobot davrida jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari, jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan vazifalarning ijrosi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishi hamda boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar tanqidiy muhokama etilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha 23 fevral kuni polkovnik Shavkat Rahmonov Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Tezkor-qidiruv departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangani e’lon qilingan. Shuningdek, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga polkovnik Shuhrat Aliyev tasdiqlangan edi.
LiveBarchasi