Kitob tumaniga hokim tayinlandi
Jamiyat
−
14 iyun 2022
11115Bugun, 14 iyun kuni O‘ktam Berdimurodovich Pardayev Qashqadaryo viloyati Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, O‘ktam Pardayev 1978 yilda Qamashi tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.
Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarma boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.
LiveBarchasi