“O‘zsanoatqurilishbank” YeTTBning milliy valyutada nominallangan kredit liniyasini jalb qiladi
Biznes
−
18 mart 2021
476117 mart kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) o‘rtasida 25 mln AQSH dollari miqdoriga teng sintetik kredit liniyani jalb qilish bo‘yicha bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kredit mablag‘lari milliy valyuta ekvivalentida nominatsiya qilinib, mamlakatimizda biznesga oid tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, kichik va o‘rta biznes sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bu bilan moliyalashtirish mablag‘laridan foydalanish imkoniyati kengayadi, tadbirkorlik sohasining barqaror o‘sishi va rivojlanishi ta’minlanadi. Ayniqsa, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatida yuzaga kelgan pandemiya davrida ishbilarmonlik infratuzilmasini modernizatsiyalash orqali sohani yanada rag‘batlantirish hamda moliyaviy sektorda salbiy oqibatlarni yumshatishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, mazkur kelishuv ikki tomonlama hamkorlikning mantiqiy davomi bo‘lib, u yurtimizda xalqaro moliya institutlari talablariga to‘liq javob beradigan islohotlarning ijobiy dinamikasini tasdiqlaydi.
Bundan tashqari, ushbu bitim 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi asosida qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”da milliy valyutada resurslarni jalb qilish hamda ehtimoliy ichki va tashqi tavakkalchiliklarni hisobga olgan holda banklar kredit portfelini dollarlashtirish darajasini pasaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalarga to‘liq mosdir.
Ma’lumot uchun: Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki 1991 yilda ta’sis etilgan. 65 ta mamlakat, Yevropa ittifoqi va Yevropa investitsion banki YeTTBning aksiyadorlaridir. Xalqaro moliya tashkiloti bank tizimlarini isloh qilish, narxlarni liberallashtirish, tegishli me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish, malakali maslahat berish, kasbiy tayyorgarlik va texnik ko‘nikmalarga o‘rgatish hamda xususiy va davlat sektoriga yirik investitsiyalarni taqdim etish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirishda faol ishtirok etadi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB va YeTTB o‘rtasidagi hamkorlikning faol bosqichi 2019 yilda boshlanganiga qaramasdan, bugungi bitim ular o‘rtasida tuzilgan to‘rtinchi kelishuv hujjati hisoblanadi. Bitim savdoni moliyalashtirishda o‘zaro hamkorlikni faollashtirish hamda bank mijozlari va YeTTBning kredit kafolatlari bilan tasdiqlovchi bank sifatida eksport-import operatsiyalarni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, YeTTB Bankka xususiylashtirish, g‘azna amaliyotlarini takomillashtirish, aktivlar va passivlarni boshqarish, xodimlar malakasi hamda mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.
Bank Axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi