Uzrli sabab bilan testda ishtirok etmagan abituriyentlarning puli qaytariladi – DTM

Jamiyat

image

Avvalroq, Davlat test markazi rasmiylari matbuot anjumanida testda qatnasha olmagan abituriyentlarning to‘lagan pullari (115 000 so‘m) qaytarilmasligini ma’lum qilgandi.

DTMning javobi ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Shu sababdan markaz uzrli sabab bilan imtihonda qatnasha olmagan abituriyentlarga pullari qaytarilishini ma’lum qildi.

“Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan abituriyentlarning to‘lovi  har qanday holatda ham qaytarilmaydi degan tushuncha butunlay xato.

Misol uchun, dastlab test sinovlari o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tgan va to‘lovni amalga oshirgan, keyinchalik esa tanlagan ta’lim yo‘nalishini to‘liq ijodiy imtihon bo‘ladigan yo‘nalishga o‘zgartirgan abituriyentlarning yoki shu kabi to‘lovni noto‘g‘ri amalga oshirgan abituriyentlarning to‘lovlari hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda.

Shunigdek, test sinovlaridan so‘ng, uzrli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning to‘lovlari qaytarilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi DTM bayonotida.

Ammo Davlat test markazi qanday hollar “uzrli sabab” sifatida o‘tishiga aniqlik kiritmagan. Bu esa yangi savollarni tug‘dirishi tabiiy. Negaki, vaqti kelib, imtihonlarda qatnasha olmagan abituriyentlar to‘lagan pulini qaytarib olishni xohlasa, kimlar uni olishi mumkinu, kimlar mumkin emasligi yangi muammolarga sabab bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon abiturient DTM

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing