O‘zPFL “Olimpik”ni chempionatdan chetlatish bilan qo‘rqitdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionati U-19ning 18-turidan o‘rin olgan “Buxoro U-19” va “Olimpik U-19” uchrashuvi mehmonlarning o‘yinga kelmagani sababli o‘tkazilmagan. Bunga aybdor sifatida “Olimpik U-19” ko‘rsatilgan. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi matubuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish kerakki, “Olimpik” futbol klubi mazkur holatni chipta muammosi bilan izohlagan. Biroq ushbu bahona O‘zPFLni qanoatlantirmagan va klubga belgilangan o‘yinga bormagani uchun texnik mag‘lubiyat yozilgan.

O‘zbekiston professional futbol ligasi Musobaqalar o‘tkazish reglamentidan kelib chiqib, bunday holat “Olimpik” futbol klubi bilan yana qayta kuzatilsa, jamoani chempionatdan chetlashtirish masalasi kun tartibiga qo‘yilishini alohida urg‘ulagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-19 chempionatida Namanganning “Navbahor” klubi yoshlari 38 ochko to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda. 21 ochkoga ega “Olimpik” esa 15-o‘rinni band etib turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Olimpik”

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing