O‘zbekistonlik futbolchi rus klubi bilan shartnoma imzoladi

Sport

image

“Olimpik” va O‘zbekiston U-23 terma jamoasi hujumchisi Ruslanbek Jiyanov faoliyatini Rossiyaning “Nijniy Novgorod” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda rus klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Jiyanov “Nijniy Novgorod” bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan. Shartnomaga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchi Osiyo Kubogi saralash bosqichi, Osiyo va Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mavsum yakuniga qadar ijara asosida “Olimpik” klubida o‘ynaydi.

Shuningdek, “Nijniy Novgorod”da yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev ham to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, Jiyanov 2001 yil Toshkentda tug‘ilgan. Faoliyati davomida “Paxtakor” va “Olimpik” klublarida o‘ynagan. O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bilan 2022 yilda Osiyo chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

“Olimpik” Jiyanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing