Uzoqroq va tezroq. Ingenuity vertolyoti Marsda uchinchi parvozini amalga oshirdi 

Texnologiya

image

Kecha, 25 aprel kuni Ingenuity vertolyoti Marsda uchinchi parvozini amalga oshirdi. Bu haqda NASA xabar bergan.  

Qayd etilishicha, parvoz ilgari namoyish etilgandan kattaroq tezlik va masofada amalga oshirilgan. 

Vertolyot ikkinchi parvozi bilan bir xil balandlikda 5 metr ko‘tarilgan. Keyin esa u 50 metr balandlikda uchib, maksimal tezligi soniyasiga 2 metr bo‘lgan. 

"Bugungi parvoz biz rejalashtirgandek bo‘ldi, ammo bu ajablanarli emas edi", degan Ingenuity Mars Helicopter loyihasi rahbari Deyv Laveri. 

Eslatib o‘tamiz, Perseverance roveri bilan Marsga yetib kelgan Ingenuity dron vertolyoti 19 aprel kuni Qizil sayyorada birinchi sinov parvozini amalga oshirgandi.  

22 aprel kuni esa ikkinchi marta muvaffaqiyatli avtonom parvoz amalga oshirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, vertolyot Perseverance roverida joriy yil 18 fevral kuni Yezero krateriga yetkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

vertolyot parvoz

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing