Uzoq kutilgan iPhone 15 taqdim etildi (video)

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Apple kecha, 12 sentyabr kuni uzoq kutilgan iPhone 15 va uning boshqa versiyalarini namoyish etdi. Taqdimot efiri kompaniyaning rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu modelning avvalgi smartfonlardan farqi uning zaryadlash qurilmasi Androidlar kabi TYPE-C bilan jihozlanganida. iPhone 15 Pro Max ning yon tomondagi ovoz tugmasi o‘rniga esa Action Button universal tugmasi joylashtirilgan. Unga smartfondagi istalgan funksiyani biriktirib qo‘yish mumkin va birgina tugmani bosish orqali bu funksiya ishga tushadi.

Bundan tashqari, bu safar iPhone 15 uch emas to‘rtta versiyasini chiqardi: iPhone 15, iPhone 15 Pro, iPhone 15 Pro Max va iPhone 15 Plus. 

Shuningdek, iPhone 15 ning ekran ramkalari kutilganidek, avvalgidan ingichkaroq qilib ishlangan.

Yangi smartfon o‘zining yorqin ranglari bilan ham e’tiborni tortadi. U pushti, sariq, och yashil, oq va qora ranglarda. iPhone 15 ning kompaniya tomonidan belgilangan narxi esa – 799 AQSH dollari. 

Eslatib o‘tamiz, smartfon 22 sentyabrdan boshlab sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Apple iPhone 15 ranglari narxi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing