Uzoq ko‘tarilishdan so‘ng dollar kursi tushdi
Jamiyat
−
11 yanvar
13014O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 2,03 so‘mga tushdi va 12 416,00 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi esa 17,64 so‘mga balandlab, 13 612,90 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi esa 0,96 so‘mga ko‘tarilib, 139,77 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilda Markaziy Osiyoning besh davlati ichida O‘zbekiston valyutasi dollarga nisbatan eng ko‘p qadrsizlangan pul birligi bo‘lgandi.
LiveBarchasi