Uzoq qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni afzal – Qirg‘iziston Prezidenti O‘zbekiston haqida gapirdi

Olam

image

Prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev kelishi bilan Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik aloqalari mustahkamlandi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov O‘sh viloyati Aravon tumani aholisi bilan uchrashuvda gapirib o‘tdi.

Qirg‘iziston rahbari YeOII mamlakatlari qatori Qirg‘iziston o‘zining yaqin qo‘shnilari, jumladan, qardosh O‘zbekiston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi.

"Yaxshi bir maqola bor: “Uzoq qarindoshdan, yaqindagi qo‘shni afzal”. Qirg‘iz va o‘zbek xalqlari asrlar davomida do‘stlikda yonma-yon yashab kelgan. Ota-bobolarimiz ikki xalqning birligini saqlab, bir-biriga yaqin edi. Ikki mamlakat nafaqat jug‘rofiy jihatdan bir-biriga yaqin, bizda bitta tarix, bitta din, bitta til va o‘xshash urf-odatlar mavjud”, dedi Sooronbay Jeenbekov.

Prezident so‘nggi yillarda Qirg‘iziston va O‘zbekiston nafaqat savdo-iqtisodiy, balki madaniy-gumanitar aloqalarni ham faol rivojlantirayotganini ta’kidladi.

“Biz yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni saqlashga intilamiz, barcha muammolarni hal qilamiz, buning uchun sabr va vaqt kerak. Farzandlarimiz va mamlakatimiz kelajagi uchun qo‘shni davlatlar bilan do‘stlikni mustahkamlash siyosatini davom ettiramiz", dedi Qirg‘iziston Prezidenti.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing